Eng kuchli taekvondochilar Gulistonda bellashmoqda
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida kyorugi va pumse yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida barcha toifalarda pumse bahslari hamda erkaklar (54 kg, 68 kg, 87 kg) va ayollar (46 kg, 49 kg) o‘rtasida kyorugi bellashuvlari tashkil etildi.

O‘zbekiston chempionatining ilk kunida Jahongir Xudoyberdiyev, Diyorbek Tuxliboyev, Shuhrat Salayev erkaklar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar orasida esa Madina Shoniyozova, Dilnoza Tangirova o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Bugun, musobaqaning ikkinchi kuni doirasida erkaklar (58 kg, 74 kg, +87 kg) va ayollar (53 kg, 62 kg, 67 kg, 73 kg, +73 kg) o‘rtasidagi kyorugi bellashuvlari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA