Energiya resurslaridan foydalanish – doimiy nazoratda
Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlari, Tuproqqal’a, Hazorasp hamda Bog‘ot tumanlari prokuraturalari tomonidan energiya resurslaridan oqilona va qonuniy foydalanishni ta’minlash borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari ishchi guruhlar ishtirokida tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish, shuningdek, bu boradagi nazorat tadbirlari samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qonuniy choralar ko‘rish hamda nazorat tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA