Efiopiyada parlament saylovi natijasi e’lon qilindi
Efiopiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovining dastlabki natijasiga ko‘ra, Bosh vazir Abiy Ahmad rahbarligidagi “Taraqqiyot partiyasi” yana sezilarli ustunlikka erishdi.
Milliy saylov kengashi ma’lumotiga ko‘ra, partiya e’lon qilingan o‘rinlarning 438 tasini qo‘lga kiritgan. Bu quyi palatada ko‘pchilikni shakllantirish uchun talab qilinadigan 274 o‘rindan ancha yuqori ko‘rsatkich.
2018-yil ommaviy norozilik ortidan hokimiyatga kelgan Abiy Ahmad 2019-yil mamlakatni ko‘p yil boshqargan koalitsiya o‘rnida “Taraqqiyot partiyasi”ni tashkil etdi. Kuzatuvchilar fikricha, mazkur siyosiy tuzilma hukumat yetakchisining milliy siyosatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
D.Hakimov, O‘zA