Lukashenko: "Belresurslar" mamlakat iqtisodiy va ekologik xavfsizligiga salmoqli hissa qo‘shmoqda
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko "Belresurslar" xoldingi boshqaruv kompaniyasi - "Belresurslar" ochiq hissadorlik jamiyati jamoasi va faxriylarini tuzilma tashkil etilganining 30 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“BelTA” yozishicha, yetakchi ta’kidlaganidek, o‘tgan davr mobaynida xolding xalq xo‘jaligi majmuasi tizimini birlashtirgan bo‘g‘in, qudratli ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish va savdo klasteri sifatida shakllandi.
– Korxonangiz mahsulotlari – tibbiyot buyumlari va polimerlardan tortib, maishiy va sanoat kimyosi tovarlarigacha, doimiy talabga ega bo‘lib, “Belarusda ishlab chiqarilgan” brendini targ‘ib qilib, ichki va tashqi bozorda munosib raqobatlashmoqda, – dedi mamlakat rahbari. – Tayyorlov shoxobchalari va saqlash maydonchalarining keng tarmog‘i, polimer va shisha sinig‘ini saralashga joriy etilayotgan noyob texnologiya tufayli ikkilamchi resurslar xo‘jalik aylanmasiga qaytarilmoqda. Bu jarayon iqtisodiy va ekologik xavfsizlikka salmoqli hissa qo‘shadi.
A.Mamatov, O‘zA