Dzyudochilarimiz Abu-Dabi turnirida qatnashadi
Ayni kunlarda mamlakatimiz dzyudochilari joriy yilning 20-22 oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tadigan "Katta dubulg‘a" turniriga hozirlik ko‘rmoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 yevro bo‘lgan nufuzli musobaqada 67 ta davlatning 456 nafar dzyudochisi sovrinli o‘rinlar hamda Parij-2024 Olimpiadasining reyting ochkolari uchun kurash olib boradi.
Mazkur nufuzli musobaqada milliy terma jamoamizning 9 nafar sportchisi bahs olib boradi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.