Dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kompaniya Rossiyaning Qora dengiz yo‘nalishiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Novorossiyskka ketayotgan “MSC ULSAN III” kemasiga dron hujumi uyushtirilgandan so‘ng dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kompaniya – “Mediterranean Shipping Co. (MSC)” Rossiyaning ushbu portiga kirish va ushbu manzil bilan bog‘liq yangi buyurtma olishni to‘xtatdi.
“Bloomberg” bu haqda kompaniya tomonidan mijozlarga berilgan xabarnomaga tayanib ma’lum qildi.
Boshqa xalqaro konteyner tizimlari kabi MSC ham 2022-yildan boshlab RFdagi faoliyatini cheklagan. Rossiyaga xalqaro yuk tashish faqat oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon kabi zarur mahsulotlardan iborat.
– Kompaniya Sankt-Peterburg va boshqa rus portlari bilan ishlashda davom etyapti, – deyilgan xabarda.
S.Rahimov, O‘zA