Xalqaro sharh (+video)
AQSHning Eronga qarshi «Iqtisodiy quvg‘in» operatsiyasi Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?
AQSH Eronni iqtisodiy jihatdan yakkalab qo‘yishga qaratilgan «Iqtisodiy quvg‘in» операциясини boshladi. Yangi sanksiyalar nafaqat Eron iqtisodiyoti, balki u bilan savdo qilayotgan davlatlar va kompaniyalar uchun ham yangi xavflarni yuzaga keltirmoqda.
Bu jarayon O‘zbekiston uchun ham muhim. Chunki, mamlakatning Eron bilan savdo aloqalari kengayib bormoqda: 2026-yilning birinchi yarmida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 37,5 foizga oshgan. Shuningdek, O‘zbekiston janubiy bozorlarga chiqishda Eron hududi va Chobahor portidan foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirmoqda.
AQSH sanksiyalari O‘zbekistonning Eron bilan savdosiga ta’sir qiladimi? Janubiy transport yo‘laklari va Chobahor porti taqdiri qanday bo‘ladi?
Shu va boshqa savollarga studiyamiz mehmoni siyosiy fanlar doktori, professor Bektosh Berdiyev javob beradi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LJD7Uigz3rQ" title="Xalqaro sharh: AQSHning “iqtisodiy quvg‘in” operatsiyasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA