Dunyoda urbanizatsiya ko‘rsatkichi 70 foizga yetadi (+video)
Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan Butunjahon urbanizatsiya forumi uy-joy inqirozi, iqlimga chidamli shaharlar, mahalliy tajriba va barqaror shaharsozlik yechimlari muhokamasiga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Forumda davlatimiz rahbari ham ishtirok etib, nutq so‘zladi. Mazkur nutqda shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida O‘zbekiston tajribalari taqdim etilib, sohaga doir bir qator global tashabbuslar ilgari surildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev O‘zA muxbiriga bu haqda o‘z fikr-mulohazalari va munosabatini bildirdi:
– Mazkur forumda davlatimiz rahbari bugungi kunda urbanizatsiya jarayonlari dolzarb tus olayotganini alohida qayd etdi. Jumladan, asrimizning o‘rtalariga borib butun dunyoda urbanizatsiya ko‘rsatkichi 70 foizga yetishi, bu esa aholining aqlli va zamonaviy sharoitlarga ega shahar muhitida yashash ehtiyojini oshirishi aytib o‘tildi.
Bu borada O‘zbekistonda ham urbanizatsiya ko‘rsatkichi hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetishi, bu esa barqaror shaharlarni rivojlantirishni taqozo etishi aytib o‘tildi.
Ayni paytda mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston” massivlari izchil barpo etilib, barcha infratuzilma imkoniyatlari yaratilmoqda. Shu paytgacha 61 ta shunday massivlar foydalanishga topshirildi. 2030-yilgacha ular sonini yuztaga yetkazish belgilangan. Shuningdek, “Yangi Toshkent” loyihasi amalga oshirilmoqda, – deydi deputat.
Shuningdek, deputat Prezidentimizning shaharlashuv borasida ilgari surgan qator global tashabbuslarining ahamiyati haqida ham to‘xtaldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wUc9hAmRWc8" title="Dunyoda urbanizatsiya ko‘rsatkichi 70 foizga yetadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, D.Yoqubov,
I.Ismatov (video), O‘zA