Davlatobodda zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi To‘raqo‘rg‘on turizm ko‘chasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Uzunligi 3,1 kilometr bo‘lgan mazkur yo‘l zamonaviy talablar asosida to‘liq rekonstruksiya qilinib, 4 tasmali ko‘rinishga keltirilmoqda. Loyiha doirasida ko‘chaning ikki tomonida piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda aholi uchun qulay jamoat makonlari tashkil etish rejalashtirilgan.
[gallery-29964]
Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1400 ta zamonaviy tungi yoritish chirog‘i o‘rnatilishi va 2 ta yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi ko‘zda tutilgan.
Umumiy qiymati 40,2 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 109 ta xonadon va 286 ta noturar ob’ekt ta’mirlanadi. Bundan tashqari, 5 ta yangi ob’ekt hamda 20 ta bino barpo etiladi.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida hududning muhandislik va transport infratuzilmasi yanada takomillashib, aholi uchun qulay va zamonaviy muhit shakllantiriladi. Shu bilan birga, Davlatobod tumanining shaharsozlik qiyofasi yanada ko‘rkam va jozibador tus oladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA