Daniyada 8,8 million kishining ma’lumotlari o‘g‘irlandi
Daniya Markaziy aholini ro‘yxatga olish tizimida (CPR) jiddiy xavfsizlik buzilishi aniqlandi. Kirishga ruxsati bo‘lmagan shaxslar tizimga noqonuniy kirgan, natijada 8,8 million kishining ismlari va manzillari o‘g‘irlangan.
Ta’kidlanishicha, hozirda tizimga kirish to‘xtatilgan va hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. Mamlakat Fan, ta’lim va raqamlashtirish vaziri Kristina Egelund vaziyatni “o‘ta jiddiy” deb atadi va fuqarolarni hushyor bo‘lishga chaqirdi.
Daniya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, tizim chet elda yashovchi o‘lka fuqarolari va vafot etgan shaxslarni o‘z ichiga olgan taxminan 11 million kishining ma’lumotlarini saqlaydi.
S.Rahimov, O‘zA