Daladagi holat – vazir e’tiborida
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining sohaga oid tahliliy taklif va tavsiyalari e’tiborga tushgan edi. Kimdir uni “piar” deguvchilar ham bo‘lgan. Lekin Ibrohim Abdurahmonov men vazirman deb idorada o‘tirib olgani yo‘q. Farg‘ona viloyatiga safar chog‘i o‘nlab fermerlar dalasida bo‘ldi va har biridagi holatga aniq tashxis qo‘ya oldi. Paxta dalalaridan so‘ng takroriy ekin ahvoli bilan tanishdi.
Yozyovon tumanidagi Xonobod MMTP hududida joylashgan “Ziynat bonu” fermer xo‘jaligiga qarashli 7 gektar maydonda g‘alladan so‘ng takroriy ekin sifatida moshning 5 xil navi qo‘shqator usulida, har gektariga 18 kilogrammdan urug‘ sarfi hisobida ekilgan edi. Maqsad eng yuqori hosildorlik ko‘rsatkichini qayd etgan navni kelgusi mavsumda kengroq maydonlarda yetishtirish bo‘lgan.

Zamonaviy agrotexnik yondashuvlarni qo‘llash va ekinlarni tizimli parvarishlash natijasida mazkur maydondan gektariga 30 tonnadan ortiq hosil olish maqsad qilingan. Shunda yetishtirilgan hosilning bir qismini eksportga yo‘naltirish ham mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mazkur fermer xo‘jaligida bo‘lib, ekinlarning rivojlanish holatini ko‘zdan kechirdi. Yuqori hosildorlikka erishishda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida tashkil etish muhimligini ta’kidladi.


Shuningdek, ekinlarni parvarishlash samaradorligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish hamda tajriba natijalarini kelgusi mavsumda amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA