CNN: Tayvan orol masalasi AQSH – Xitoy kelishuvining bir bandiga aylanishidan xavotirda
Tayvan AQSH Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuv natijasini xavotirlanib kutyapti, chunki muzokara davomida orolning maqomi va Amerika bilan qurol savdosi muhokama qilinishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali axborot tarqatdi.
Orolga taxminan 14 milliard dollarlik qurol sotish maqsadi bilan bog‘liq bu mavzuni Tramp ma’muriyati hali rasman tasdiqlamagan. Tayvan esa shu mavzu Vashington va Pekin o‘rtasidagi keng ko‘lamli kelishuvning bir qismiga aylanishi mumkinligidan xavotirda.
– Tayvan masalasi Si Szinpin va Tramp muloqoti davomida ko‘tarilishi biz uchun xatarli, – dedi orol tashqi ishlar vaziri, vitse-prezident Fransua Vu.
Ta’kidlanishicha, yana bir xavotir Eron bilan urushdan keyin Amerika qurol zaxirasi kamayishi bilan bog‘liq. Zero, ayni holat “allaqachon sotib olingan aslahalarni yetkazib berish jadvaliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA