Chortoq shaftolisi – dunyo bozorlarida
Namangan viloyatining Chortoq tumanida yetishtirilayotgan shaftoli hosili o‘zining yuqori sifati va ta’mi bilan nafaqat ichki bozorlarda, balki xorijiy mamlakatlarda ham xaridorlar e’tiborini qozonmoqda.
Intensiv bog‘larni tashkil etish, serhosil navlarni ekish hamda ilg‘or xorij tajribalarini joriy etish orqali hosildorlik va mahsulot sifati sezilarli darajada oshmoqda. Natijada eksport jo‘g‘rofiyasi kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda va aholi daromadlari ortib bormoqda.


Chortoq tumanidagi "To‘rg‘unboy Jo‘raboy Munavvar" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Husanboy Usmonovning aytishicha, xo‘jalikda Turkiya va Italiya tajribasi asosida intensiv bog‘lar barpo etilgan.

Zamonaviy texnologiyalar va serhosil navlar hisobiga yetishtirilayotgan mahsulotlar xalqaro bozor talablariga javob bermoqda. Bugun Chortoq shaftolisi xorijlik iste’molchilar tomonidan ham yuqori baholanmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.