“Chelsi” transferlar uchun eng koʻp pul sarfladi
Unga koʻra, “Chelsi” yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar sotib olish uchun eng koʻp pul sarflagan klubga aylandi. London klubi 7 oʻinchi uchun 271 million yevro toʻladi.
Yevropadagi futbol klublari uchun belgilangan yozgi transferlar oynasi oʻz nihoyasiga yetdi va eng koʻp pul sarflagan uch klub nomi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, “Chelsi” yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar sotib olish uchun eng koʻp pul sarflagan klubga aylandi. London klubi 7 oʻinchi uchun 271 million yevro toʻladi.
“Chelsi” mazkur summadagi pulga Kay Havers (“Bayer”, 80 mln), Timo Verner (“Leypsig”, 53 mln), Ben Chiluell (“Lester”, 50,2 mln), Hakim Ziyosh (“Ayaks”, 40 mln) va Eduard Mendini (“Renn”, 24 mln) sotib olgan. Malang Sarr va Tiago Silva esa jamoaga erkin agent sifatida qoʻshilishdi.
Shuningdek, oʻyinchilar sotib boʻyicha keyingi oʻrinlarni “Manchester Siti” (156,8 mln) hamda “Barselona” (124 mln) egalladi.