Buyuk Britaniyada bomba nazorat ostida portlatildi
_
Angliya janubi-g‘arbiy qismidagi Plimut shahrida Ikkinchi Jahon urushi davrida ko‘milgan va portlamay qolgan snaryad nazorat ostida zararsizlantirildi. Taxminan 250 kg og‘irlikdagi Germaniyaning SC250 kuchli portlovchi bombasi 30-aprel kuni uy egasi tomonidan hovlisida chuqur qazayotgan payt topildi. Amaliyot chog‘i bomba atrofidagi hudud o‘rab olinib, yaqin atrofdagi 1200 dan ziyod xonadon aholisi xavfsiz joyga ko‘chirildi.
- Snaryad Qirollik dengiz floti va armiyasi mutaxassislari tomonidan muvaffaqiyatli yo‘q qilindi, - deya xabar bergan shahar kengashi mas’ullari.
S.Rahimov, O‘zA