Bunyodkorlik va taşabbuskorlik rağbatlantirilmoqda
Mahalla — jamiyat hayotining eng muhim böğini, insonlarni bir maqsad atrofida birlaştiradigan, ezgu taşabbuslar amaliy natijaga aylanadigan maskan. Şu bois mamlakatimizda mahalla muhitini obodonlaştiriş, aholi uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş, fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini yuzaga çiqariş davlat siyosati darajasiga kötarilgan.
Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilayotgan mahallalarni obod qiliş, hududlarda yaşaş muhitini yaxşilaş va aholi farovonligini taʼminlaşga qaratilgan islohotlar bugun joylarda aniq amaliy ifodasini topmoqda. Bu jarayonda “Obod xonadon”, “Obod köça” va “Obod mahalla” kabi yönalişlardan taşkil topgan körik-tanlov ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur körik-tanlovning şahar bosqiçi bölib ötdi. Unda mahallalarda amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari, ilğor taşabbuslar, fuqarolarning öz hududi rivojiga qöşayotgan hissasi atrofliça örganildi.


Eʼtiborlisi, tanlovda faqat hududning taşqi körinişi yoki köçalarning tozaligi emas, balki obodonlikning zamirida turgan fuqarolik masʼuliyati, aholi hamjihatligi va mahalla faollarining taşabbuskorligi ham asosiy baholaş mezonlaridan biri böldi. Zero, obod mahalla, avvalo, şu yerda yaşayotgan insonlarning umumiy maqsadi, mehnati va daxldorlik tuyğusi bilan qad rostlaydi.
Hakamlar hayʼati tomonidan xonadon va köçalarning ozodaligi, yaşil hududlar barpo etiş borasidagi işlar, mahalla infratuzilmasining yaxşilanişi, aholi örtasidagi hamjihatlik, soğlom turmuş tarziga rioya etiş, taşabbuskorlik va erişilgan amaliy natijalarga alohida eʼtibor qaratildi.


Körik-tanlovning har bir yönalişida munosib nomzodlarning aniqlanişi mahallalar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va obodonlik işlarini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Tanlov yakuniga köra, “Obod xonadon” yönalişida “Xöja Ğunjoriy” mahallasidan Nişonjon Atamurodov, “Obod köça” yönalişida “Sayfiddin Boharziy” mahallasidan Şerzod Şodiyev, “Obod mahalla” yönalişida esa “Sitorai Mohi Xossa” mahallasi raisi Dilorom Saidova ğolib deb topildi.
Ğoliblar taşkilotçilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişdi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri