Bosqiç ğoliblari aniqlandi
Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, ularning turli sohalarda erişgan yutuqlarini eʼtirof etiş, taşabbuskor va iqtidorli ayollarni qöllab-quvvatlaş maqsadida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Yil ayoli — 2026” körik-tanlovining Mirzaobod tuman bosqiçi bölib ötdi.
Oliy Majlis Senati hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan 2018-yildan buyon taşkil etib kelinayotgan mazkur tanlovning tuman bosqiçi hokimlik binosida kötarinki ruhda, yuqori saviyada taşkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Begmurod Akbarov iştirok etib, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, ularning jamiyatdagi örni va nufuzini yuksaltiriş, kasbiy salohiyati hamda taşabbuslarini röyobga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilayotganini qayd etdi. Şuningdek, tanlovda iştirok etayotgan barça nomzodlarga muvaffaqiyat tiladi.

Bellaşuv iştirokçilari «Yilning eng vatanparvar ayoli», «Yilning eng yaxşi IT dasturçisi», «Yilning eng yaxşi ijodkor ayoli», «Öz kasbining ustasi bölgan yil ayoli», «Yilning eng faol maʼnaviy-maʼrifiy tarğibotçisi», «Yilning eng jonkuyar ustozi» hamda «Yilning eng faol soğlom turmuş tarzi tarğibotçisi» kabi nominatsiyalar böyiça öz bilim va tajribasi, kasbiy mahorati, ijodiy qobiliyati hamda jamoatçilik işlaridagi faolligini namoyon etdi.

Har bir iştirokçining faoliyati, erişgan natijalari va jamiyat hayotiga qöşayotgan hissasiga alohida eʼtibor qaratildi. Nomzodlar öz çiqişlari orqali nafaqat şaxsiy yutuqlari, balki xotin-qizlarning turli yönalişlardagi imkoniyatlari va salohiyatini ham namoyon etişdi.


Tanlov yakunida nominatsiyalar böyiça ğolib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom hamda viloyat bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmalar topşirildi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri