Diniy mutaassiblik va ekstremizm - jamiyat xavfsizligiga tahdid
Xorazm viloyat bojxona boşqarmasida jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvçi omillarning oldini oliş, xodimlarning huquqiy va maʼnaviy bilimlarini oşiriş maqsadida öquv maşğuloti taşkil etildi.
Tadbirda Urganç şahar imomi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi masʼul xodimi «Diniy mutaassiblik va ekstremizm – jamiyat xavfsizligiga tahdid» mavzusidagi maʼruzalari bilan qatnaşdilar.

Maşğulot davomida diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat tinçligi, fuqarolar osoyiştaligi hamda davlat xavfsizligiga salbiy taʼsiri haqida atrofliça tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qoliş, zöravonlikni tarğib qiluvçi çaqiriqlar va radikal qaraşlarning tarqalişi qanday xavfli oqibatlarga olib kelişi mumkinligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Şu bilan birga, amaldagi qonunçilikda diniy ekstremizm, terrorizm, zöravonlik va boşqa huquqbuzarliklar uçun belgilangan javobgarlik çoralari tuşuntirildi. Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan tegişli moddalar şarhlab berildi.

– Maʼlumki, sönggi yillarda mamlakatimizda zöravonlik bilan boğliq huquqbuzarliklarning oldini oliş va bunday qilmişlar uçun javobgarlik kuçaytirildi, – deydi Laylo Ğaniyeva. – Tadbir davomida viloyatimizda bu borada amalga oşirilayotgan işlarga ham töxtalib ötildi. Xususan, Özbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrda qabul qilingan qonuni bilan bolalarga nisbatan zöravonlik, şu jumladan, jinsiy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlik kuçaytirilgani haqida maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida axborot makonida tarqatilayotgan turli buzğunçi ğoyalarga nisbatan huşyor va ogoh böliş zarurligi yana bir bor uqtirilib, jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni asraş har bir fuqaroning burçi va masʼuliyati ekani alohida taʼkidlandi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri