Bugun Denis Istomin, Rojer Federer va Rafael Nadal kortga chiqadi
Angliyaning London shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan “Katta dubulg‘a“ turkumiga kiruvchi “Uimbldon“ turnirida birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Angliyaning London shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan “Katta dubulg‘a“ turkumiga kiruvchi “Uimbldon“ turnirida birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 38 million funt sterlingni tashkil etuvchi mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischini Denis Istomin ilk uchrashuvini britaniyalik Kemeron Norriga qarshi o‘tkazadi. Ular o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 16:15dan so‘ng boshlanadi.
Shuningdek, bugun turnirning markaziy uchrashuvlari – JAR vakili Lloyd Xarris va shveysariyalik Rojer Federer, yaponiyalik Yuiti Sugita hamda Rafael Nadal o‘rtasida o‘tadi.