Bugun 10 nafar bokschimiz yarim finalda jang qiladi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatida bugun, 12-may kuni o‘smirlar o‘rtasida yarim final janglariga start beriladi.
Quvonarlisi, mazkur bosqichda quyidagi 10 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-46 kg: Abdulloh Nuraliyev - Nella Kumar (Hindiston)
-48 kg: Kamronbek Bahodirov - Salte Alhadidi (Iordaniya)
-52 kg: Oybek Alimjonov - Abolfazl Maleki (Eron)
-54 kg: Abdulbosit Yursunboyev - Pal Nivesh (Hindiston)
-60 kg: Ahmadxon Abdusattorov - Erbol Barataxunov (Qirg‘iziston)
-63 kg: Rushen Saydullayev - Battemuulen Batbold (Mo‘g‘uliston)
-66 kg: Bahodir Xoliqulov - Yunus Masharipov (Turkmaniston)
-70 kg: Abduvohid Abdumajidov - Naman Kumar (Hindiston)
-75 kg: Marufjon Toshpo‘latov - Nurtilek Jorobayev (Qirg‘iziston)
-80 kg: Samandarbek Umarov - Amirxan Kurmanbekov (Qirg‘iziston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA