Boysunning maftunkor tabiati
FOTOREPORTAJ
Boysun – tabiat va sokinlik bir-biriga uyg‘unlashgan maskan. Tog‘ etaklarida bir-biriga suyangancha, go‘yo tabiat bag‘riga singib ketgandek joylashgan uylar bu yerning o‘ziga xos ruhini ifodalaydi. Har bir hovli, har bir tom ostida osoyishtalik sezilib turadi.
Bahorda Boysun yanada go‘zallashadi. Yashillik keng dalalarga yoyilib, turfa xil giyohlar va mayin rangli gullar yer yuzini bezaydi. Har bir yaproq, har bir gul go‘yo hayotning yangilanishidan darak beradi. Tog‘lardan oqib tushayotgan soylar esa bu manzaraga alohida ohang bag‘ishlaydi – ularning sharqirab oqishi qalbga taskin berib, insonni o‘yga toldiradi.
[gallery-29158]
Bu yerda vaqt go‘yo sekinlashadi. Shovqin-surondan yiroq, sof havo va tabiiy go‘zallik bag‘rida inson o‘zini topadi. Boysun – bu nafaqat manzil, balki his qilinadigan sokinlik, ko‘ngilga yaqin bir holatdir.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA