«Yoriltoş» — şoira ijodining yangi badiiy qirralari
Gulçehra Şahobiddin qizi — jonfido, yurt xizmati yölidagi zahmatli mehnatdan çöçimaydigan, ijod va maʼrifatni hayotining muhim mezoniga aylantirgan fidoyi ijodkor. Uning adabiyotga sadoqati, sözga masʼuliyati va jamoatçilik faoliyati yillar davomida şakllangan ijodiy qiyofasida yaqqol namoyon böladi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida taniqli şoira va publitsist Gulçehra Şahobiddin qizining «Yoriltoş» nomli yangi kitobi taqdimoti bölib ötdi.
Adabiyot ixlosmandlari, taniqli ijodkorlar, adabiyotşunos olimlar, ziyolilar va jamoatçilik vakillari iştirok etgan adabiy tadbir şoiraning serqirra ijodi, milliy adabiyotimiz rivojiga qöşayotgan hissasi, şeʼriyatiga xos badiiy tafakkuri va ijodiy izlanişlariga bağişlandi.
Tadbirda sözga çiqqanlar şoiraning adabiy maydondagi öziga xos örni, ijodiy izlanişlari, şeʼrlarida aks etgan hayotiy keçinmalar, inson va zamon munosabatlari haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Yangi kitobning mazmun-mohiyati, badiiy qimmati va unda ilgari surilgan ğoyalar xususidagi tahlillar taqdimotga alohida mazmun bağişladi.
Gulçehra Şahobiddin qizi — Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi. Uning ijodiy va jamoatçilik faoliyati adabiyot, maʼnaviyat, maʼrifat hamda milliy qadriyatlar tarğiboti bilan çambarças boğliq. Şoira Xalq taʼlimi aʼloçisi, Respublika «Maʼrifat» tarğibotçilari jamiyati hamda Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi huzuridagi «Ayol maʼrifati» ilmiy-jamoatçilik kengaşi aʼzosi.
Uning köp yillik mehnati va jamoatçilik faoliyati munosib eʼtirof etib kelinmoqda. Jumladan, 2025-yilda «Maʼnaviy-maʼrifiy işlar aʼloçisi» kökrak nişoni, Qirğiziston Respublikasining «Çingiz Aytmatov» nomidagi mukofoti, 2026-yilda esa jamiyat va oila ravnaqi, maʼnaviyat va milliy qadriyatlar tarğibotiga qöşgan munosib hissasi uçun «Möʼtabar ayol» kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasining davlat mukofoti — «Şuhrat» medali sohibi.
[gallery-32698]
Şoiraning adabiy merosi ham salmoqli. Bugunga qadar uning yigirmaga yaqin şeʼriy kitobi va töplamlari naşr etilgan. «Burgut çöqqilarga qönadi», «Sokin daryo şiddati», «Tugallanmagan parvoz» kabi xotira-esse kitoblari esa ijodkorning badiiy publitsistikadagi mahoratini ham namoyon etadi. Uşbu asarlarda otaga farzandlik ehtiromi, ustozga sadoqat, harbiylar va uçuvçilar hayoti, inson taqdiri, xotira va qadriyatlar mavzusi samimiy va taʼsirçan ifodalangan.
Gulçehra Şahobiddin qizining ijodi mamlakatimiz sarhadlaridan taşqarida ham öz öquvçilarini topmoqda. Uning şeʼrlari rus, qozoq, qirğiz, ingliz, tojik, ozarbayjon va turk tillariga tarjima qilinib, xorijiy jurnal va adabiy töplamlarda eʼlon qilingan. Joriy yilda ham şoiraning önlab şeʼrlari qirğiz, ozarbayjon va turk tillariga ögirilib, turli adabiy naşrlardan örin oldi.
Ayniqsa, «Seni sevaman, hayot» nomli şeʼriy töplamining Ozarbayjonda ikki tilda naşr etilişi va Boku şahrida taqdimotining ötkazilişi şoira ijodining xalqaro miqyosdagi eʼtirofidan dalolat beradi. 2024-yilda Qozoğistonda özbek va qozoq tillarida çop etilgan «Munojot» şeʼriy kitobi ham adabiy jamoatçilik eʼtiborini qozongan. Uşbu kitob taqdimoti Özbekiston Milliy kutubxonasida ötkazilgan edi.
Şoira ijodining xalqaro miqyosda tan olinayotganini uning turli adabiy antologiyalardan joy olayotgani ham tasdiqlaydi. Jumladan, ijod namunalari Amerikada naşr etilgan «1001» töplamiga kiritilgan. Şuningdek, şoiraning 60 ta şeʼri özbek, rus va ingliz tillarida «UZBEK CARAVAN» nomli özbek şeʼriyati antologiyasidan örin olgan.
Gulçehra Şahobiddin qizining ijodiy faoliyati uning şaxsiy asarlari bilangina çeklanmaydi. Uning qizi Gulçehra Şahobiddinning «Qaqnus qöşiği» nomli şeʼriy töplami, şuningdek, şoiraning ijodi va şaxsiyati haqida ustozlari, döstlari, şoirlar hamda adabiyotşunos olimlarning fikrlari jamlangan «Subhidam yoğdusi» maqolalar töplami ham naşr etilgan. «Ajr» nomli şeʼriy kitobi 2024-yilda çop etilib, 2026-yilda qayta naşr qilindi.
«Yoriltoş» kitobining taqdimoti şoiraning navbatdagi ijodiy izlanişlari, adabiyotga sadoqati va söz sanʼatiga bölgan yuksak masʼuliyatining ifodasi böldi. Kitobning ramziy nomiyoq öquvçini çuqur muşohadaga, hayot va inson haqidagi öylarga, badiiy tafakkur olamiga çorlaydi. Taqdimot davomida bildirilgan fikr-mulohazalar, samimiy suhbatlar va adabiy tahlillar esa yangi asarning mazmun-mohiyatini kengroq anglaş, uning adabiy qimmatini baholaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Nazokat Usmonova,
Oybek Pardayev (surat),
ÖzA muxbirlari