Bolalar himoyasining huquqiy asoslari takomillaştirildi
Nuqtai nazar
Bu hayotda eng köp mehr, eʼtibor, kömak va parvarişga muhtoj bolalar hisoblanadi. Ota-onadan tortib, butun jamiyat ularga ğamxörlik körsatib, soğlom, komil inson bölib voyaga yetişlari uçun barça çoralar körilişi zarur. Şu maʼnoda, yurtimizda ularni himoya qilişning huquqiy asoslari yanada takomillaştirilayotganini alohida eʼtirof etmoq joiz.
Qayd etiş kerakki, sönggi yillarda mamlakatimizda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
Fikrimizning dalili sifatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön yettinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlanganligini qayd etiş lozim.
Mazkur Qonun loyihasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan işlab çiqilgan bölib, uşbu qonun sohadagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlaşga qaratilganligini alohida taʼkidlaş kerak. Yangi qonun bilan qator kodeks va qonunlarga qöşimça va özgartirişlar kiritiş nazarda tutilgan. Uşbu özgartirişlarning boş maqsadi - bolaning manfaatini taʼminlaş, milliy qonunçilikni xalqaro standartlarga uyğunlaştirişdan iborat.
Şu örinda bir gapni aytib ötiş lozim. Hozir sudlar jinoyat işlarini mahallalarda, taʼlim muassasalarida yoki boşqa jamoat joylarida sayyor tartibda köriş amaliyotini yölga qöygan. Uşbu ötkazilayotgan sayyor sud majlislari bir tarafdan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş, huquqbuzarliklarning oldini olişga xizmat qilsa, ikkinçi tarafdan bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanişiga, komil inson sifatida şakllanişiga yomon taʼsir körsatişi mumkin. Xalqaro huquqiy standartlar bunday yondaşuv bolaning huquqlariga salbiy taʼsir körsatişini qayd etmoqda. Yangi qonun bilan voyaga yetmaganlarga oid jinoyat işlari yopiq sud majlisida körilişi belgilanmoqda. Bu özgartirişning asosiy maqsadi bolaning kelajagini himoya qilişdir.
Mazkur Qonunga kiritilgan yana bir muhim özgartirişlardan biri - Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga bolalar huquqini taʼminlaşga qaratilgan yangi normalarning joriy etilişidir. Yaʼni, taʼlim taşkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan şaxs tomonidan tarbiya va taʼlim beriş jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zöravonlik sodir etiş, şuningdek, uni kamsitiş yoki xörlaş kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlaş uçun alohida maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, “Pedagogning maqomi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga pedagogik faoliyatni amalga oşiriş jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zöravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan şaxslarning bir yil davomida taʼlim taşkilotlarida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişiga yöl qöyilmasligi haqida norma kiritilgan.
Bolalarga nisbatan zöravonlik va tahqirlaş holatlariga toqat qilib bölmaydi. Vaqtida yoki yetarli darajada körilmagan çoralar noxuş oqibatlarga olib kelişi mumkinligi nuqtai nazaridan, mazkur kodeksga kiritilayotgan çeklov normasini öz vaqtida körilgan muhim huquqiy çora sifatida baholaş mumkin.
Şu bilan birga, mazkur Qonun bilan Oila kodeksiga ham muhim özgartirişlar kiritilib, davlat yoki nodavlat muassasalarining töliq taʼminotida bölgan voyaga yetmagan bolaning ota-onasini aliment tölaşdan ozod qilişga yöl qöyilmasligi qonun darajasida mustahkamlanmoqda.
Yana bir yangilik şundan iboratki, Oila kodeksiga kiritilgan qöşimça va özgartirişlarda yetim bolalarni va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni farzandlikka oliş istagini bildirgan şaxslar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus öquv kursini tamomlaganlik töğrisidagi sertifikatga ega bölişi belgilangan bölib, bu talab farzandlikka oliş institutini takomillaştirişga, farzandlikka oluvçilarning masʼuliyatini oşirişga va bolaning eng ustun manfaatlariga xizmat qilişini taʼkidlaş joizdir.
Yangi Qonun bilan kiritilgan özgartirişlarga köra, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoşlariga beriladi. Bu bolaning öz oilaviy muhitida voyaga yetişida muhim ahamiyatga ega.
Bundan taşqari, “Vasiylik va homiylik töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga Ijtimoiy himoya milliy agentligi vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi davlat organi sifatida kiritilib, uning vakolatlari aniq belgilangan.
Şuningdek, “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga yetim bolalarga va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga ğamxörlik körsatiş hamda ularni tarbiyalaş xizmatiga nodavlat taşkilotlar davlat ijtimoiy buyurtmasi yoki boşqa turdagi şartnomalar asosida jalb etilişi bilan boğliq muhim özgartirişlar kiritilmoqda.
Bu esa davlat va fuqarolik jamiyatining özaro hamkorligini kuçaytiriş, ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş va bolalarning manfaatlarini himoyalaşga qaratilgan ijtimoiy islohotlar bölib, eng asosiysi, muhtoj bolalarga tezkor va sifatli yordam körsatiş imkoniyatini kengaytirişga xizmat qiladi.
Yana bir yangilik şuki, “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bolaning soğliğini tiklaş va reabilitatsiya qiliş uçun qöşimça xarajatlarni ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan şaxslardan bola foydasiga undiriş böyiça fuqarolik işlari böyiça sudga daʼvolar, arizalar va şikoyatlar yuzasidan murojaat qilganida davlat bojini tölaşdan ozod qilinişi haqida qöşimçalar kiritilgan.
Xulosa qilib aytganda, bolalarning huquqlariga oid qonunçilik asoslari yanada takomillaştirilganligi voyaga yetmagan bolalar, şu jumladan, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilişga xizmat qilişi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Dilnoza ŞOMATOVA,
Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur
tumanlararo sudining sudyasi.
ÖzA