Bokschi qizlarimizning shashti baland
Serbiyada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining navbatdagi kuni ham o‘zbek charm qo‘lqop ustalari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Dastlab, Farzona Fozilova -48 kg. vaznda bo‘lib o‘tgan xitoylik Chjun Syueyunga bilan jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, vazni -52 kg. bo‘lgan Feruza Kazakova ruminiyalik Stela Roxana Xamzaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. -57 kg. vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova chempionatdagi ikkinchi jangida kubalik Melani Xirado Bermudesga qarshi o‘tkazdi. Bokschimiz ushbu jangni ham muddatidan avval o‘z foydasiga hal etdi. Aniqrog‘i Nigina raqibasini ilk raundda texnik nokautga uchratdi.

Shuningdek, -75 kg. vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan hamyurtimiz Aziza Zokirova, Belarus vakilasi Alina Veberga qarshi o‘tgan bellashuvda yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Afsuski, -70 kg. vaznli bokschimiz Oysha Toirova marokashlik Saida Lahmidiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bugun, 13 mart kuni vakillarimiz ishtirokida quyidagi bellashuvlar tashkil etiladi:
-48 kg: Farzona Fozilova – Anakhanim Ismailova (Ozarbayjon);
- 50 KG: Sabina Boboqulova – Zlatislava Genadiyeva (Belarus);
-52 kg: Feruza Kazakova – Imon Al Azami (Marokash);
-57 kg: Nigina O‘ktamova – Andela Brankovich (Serbiya);
- 60 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grayfeyeva (Qozog‘iston);
- 66 kg: Navbahor Hamidova – Mouna Velter (Marokash);
- 75 kg: Aziza Zokirova – Aoyf OʼRurk (Irlandiya);
- 81 Sohiba Ro‘zmetova – Busra Isildar (Turkiya);
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA