Bokschi qizlarimiz Osiyo chempionati finalida
Qozog‘istonda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining o‘smir qizlar o‘rtasida finalchilar nomi aniqlandi.
Yarim final bahslarida vakillarimizdan 12 nafari ringga ko‘tarildi. Ulardan Maftuna Musurmonova, Robiya Ravshanova, Muslima Turg‘unova, Zuhro Rustamova, Sevara Mamatova, Aselya Tulegenova, Maftuna Yangiyeva, Sobirahon Shahobiddinova hamda Ruhshona Parpiyeva oltin medal uchun kurashni davo ettiradigan bo‘ldi.

Shuningdek, Bahora Abduraimova, Ruhshona Shakarova va Rayhona Qurbonboyevalar yarim final bosqichida mag‘lubiyatga uchradi va bronza medal sohibiga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA