Boks boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi
Nukusda 2001-2002, 2003-2004, 2005-2006 yillarda tugʻilgan yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida boks boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
Nukusda 2001-2002, 2003-2004, 2005-2006 yillarda tugʻilgan yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida boks boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.

Musobaqada mezbonlar bilan birga, viloyatlar, Toshkent shahri va Qozogʻiston Respublikasidan 200 dan ortiq sportchi 22 vazn toifasida bahslashdi.

Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, D.Navroʻzov, U.Shomurodov, S.Qadamboyev, N.Komilov, L.Yoʻldoshev, U.Qadamboyev, D.Parpiyev, A.Qosimov, I.Qahhorov, M.Tojiahmedov,I.Orazboyev, B.Saburov, B.Ismaylov, N.Duysenboyev, A.Kenesboyev, M.Doniyorov, S.Aminov, M.Davlatboyev, R.Otamurodov va Sh.Qodirboyev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.