«Bitta askar – bitta kasb» tamoyili amalda
Şimoli-ğarbiy harbiy okrug tasarrufidagi Örnak aholi yaşaş punktida joylaşgan harbiy qismda «Bitta askar – bitta kasb» tamoyili asosida taşkil etilgan kasb-hunar öquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan muddatli harbiy xizmatçilarga sertifikatlar topşirildi.
Mazkur taşabbus yoşlarning kasbiy salohiyatini yuksaltiriş, mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklarni egallaşiga kömaklaşiş hamda ularni xizmatdan keyingi mustaqil hayotga tayyorlaşga qaratilgan.
Öquv maşğulotlari davomida iştirokçilar tanlagan yönalişlari böyiça nazariy bilimlarini mustahkamlaş barobarida zarur amaliy könikmalarni ham egalladi.
Belgilangan taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli özlaştirgan yigitlarga topşirilgan sertifikatlar kelgusida ularning mehnat faoliyatini yölga qöyişi, bandligini taʼminlaşi va öz salohiyatini namoyon etişida muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32702]
Taʼkidlaş joizki, uşbu taşabbus doirasida egallangan kasbiy könikmalar, şuningdek, xizmat davomida şakllangan intizom, masʼuliyat, tirişqoqlik va qatʼiyat kabi fazilatlar yoşlarning mustaqil hayotda öz örnini topişi uçun mustahkam zamin yaratadi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA