Bishkekda Ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimiga chipta sotuvi boshlandi
Qirg‘iziston milliy axborot agentligi "Kabar" 31-avgust kuni Bishkek-Arenada bo‘lib o‘tadigan VI Ko‘chmanchilar jahon o‘yinlari ochilish marosimiga chipta sotuvi boshlangani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yirik anjumanga ticket.gov.kg rasmiy sayti orqali chipta xarid qilish mumkin. Narx bo‘lim va joyga qarab 5-9 ming qirg‘iz somi oralig‘ida belgilangan.
Marosimga 7 yoshdan o‘tganlar kiritiladi. Chiptani boshqa shaxsga berish yoki qayta sotish taqiqlangan. Majmuaga kirish shaxsiy ma’lumotga bog‘langan “Face ID” texnologiyasi orqali amalga oshiriladi.
Maqola O‘zA va “Kabar” hamkorligida tayyorlandi
D.Hakimov, O‘zA