O‘zbekiston chempionatining birinchi tur uchrashuvlari yakunlandi
Poytaxtimizda mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Bu galgi chempionatda o‘n bir jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Besh kun davom etgan birinchi tur bahslaridan so‘ng "Do‘stlik-AIN" jamoasi 15 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Qarshilik charm to‘p ustalari "Maksam-Chirchiq" jamoasini 3:2, "Lokomotiv"ni 8:0, "Nafis"ni 5:1, "Ardus"ni 2:1, "Turon-S" klubini 9:1 hisobida yengdi.
"Bunyodkor" jamoasi 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Olmaliq", "Ardus" va "Kogon" klublari hisobida 9 ochkodan bor.