Belbog‘li kurashchilar Buxoroda bellashdi
Buxoroda o‘smirlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda o‘smirlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 680 dan ziyod o‘g‘il-qiz 27 vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.
Buxorolik Shahboz Baqoyev, Ilhom Hamroyev, Jahona Esonova, farg‘onalik Muslimjon Tursunov, Madinabonu Islomova, Andijon viloyati vakili Muhammadashur Mamitov, samarqandlik Ulug‘bek Tolipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Nasiba Abdolova singari yosh kurashchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.