“Barselona” yangi transferga hozirlanmoqda
“Barselona” yaqinda “Yuventus” pleymeykeri Miralem Pyanichni oʻz safiga qoʻshib olgan edi.
“Barselona” yaqinda “Yuventus” pleymeykeri Miralem Pyanichni oʻz safiga qoʻshib olgan edi.
Kataloniyaliklar endi “Tottenxem”ning eng qimmat futbolchisi Tangi Ndombele bilan muzokara olib bormoqda. Bu futbolchi ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan kelisha olmayapti. Shuning uchun londonliklar fransiyalik yarim himoyachini oʻzlari olgan narx – 60 million yevroga sotib yuborishga tayyor.
Ndombele bu mavsumda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkitadan gol va golli pas muallifi boʻldi.