Barchinoy endi Jahon chempionatida ishtirok etadi
Navoiylik Barchinoy Shokirjonova 14 yoshgacha qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida «Standart», «Rapid» va «Blis» yo‘nalishlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, «Standart» yo‘nalishida Batumi shahrida, «Rapid» yo‘nalishida esa Gruziya davlatida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda B.Shokirjonova Navoiy shahridagi 2-umumta’lim maktabining 7-sinfida ta’lim oladi. U 2017 yilda 10 yoshli qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni egallagan.

2018 yil Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek respublika miqyosidagi barcha musobaqalar g‘olibasi hisoblanadi.
Shaxmat bo‘yicha Navoiy viloyati sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Barchinoy 2019 yil maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionatida 13 yoshlilar orasida 3-o‘rinni egallagan.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA