Bandlik va tadbirkorlik yarmarkasi taşkil etildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtaköpir tumanida “Kambağallikdan farovonlik sari” harakati doirasida böş iş örinlari va uy şaroitida kiçik biznes bilan şuğullaniş uçun maxsus asbob-uskunalar yarmarkasi ötkazildi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, tuman hokimligi mutasaddilari, yoşlar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda fuqarolarning bandligini taʼminlaş, ularning qöşimça daromad olişiga va öz tadbirkorligini boşlaşiga kömaklaşiş yönalişida bir qator amaliy çora-tadbirlar olib borilmoqda.
Sönggi yillarda aholining yuqori daromadli barqaror iş bilan bandligini taʼminlaş, yoşlarning innovatsion va raqamli texnologiyalarga asoslangan taʼlim olişi va kasb-hunar örganişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Dastur doirasida kambağal oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolarining bandligini taʼminlaş, öz tomorqasidan samarali foydalaniş, farzandlarining bilim olişi, kasb-hunar örganişi uçun şaroitlar yaratilmoqda.

Yarmarkada uy şaroitida biznes boşlaş uçun zarur texnika, asbob-uskunalar, şuningdek, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj oilalar uçun berilgan imtiyoz va imkoniyatlar namoyiş etildi. Işsiz va ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi qatlami uçun barça imtiyozlar, subsidiyalar va yordam turlari töliq tuşuntirildi. Ularga mutaxassislar tomonidan zarur maʼlumotlar berilib, imkoniyatlar körsatildi. Bundan taşqari, uy şaroitida öz biznesini boşlab, qöşimça daromad oliş niyatida bölgan fuqarolar uçun şu joyning özida maxsus asbob-uskunalar tarqatildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri