Bahraynda kurashchilarimiz shohsupa to‘ridan joy oldi
Bahraynda start olgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ikkita oltin medal qo‘shildi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘yinlarning kurash dasturida ishtirok etgan Otabek Yo‘ldoshboyev hamda Durdona Tursunova o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.


Eslatib o‘tamiz, musobaqada qit’amizning 45 mamlakatidan 8 ming nafardan ortiq yosh sportchilar 24 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etmoqda. III Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi 22 oktyabr kuni tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA