Bağdodda elektr taʼminoti barqarorligi oşirilmoqda
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-oktabrdagi «Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida Farğona viloyati Bağdod tumanida elektr taʼminoti infratuzilmasini modernizatsiya qiliş işlari amalga oşirilmoqda.
Xususan, aholi va tadbirkorlik subʼektlarini sifatli hamda barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida «Yangi hayot» podstansiyasining quvvati oşirildi.
Podstansiyadagi 4 ming kVA quvvatli kuç transformatori 6,3 ming kVAli, 2,5 ming kVA quvvatli transformator esa 4 ming kVAli yangi transformatorlarga almaştirildi.
Natijada podstansiyaning umumiy quvvati 6,5 ming kVAdan 10,3 ming kVAga yetkazilib, qöşimça 3,8 ming kVA quvvat yaratildi.
Mazkur işlar elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytiriş, quvvat tanqisligining oldini oliş hamda kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaşga xizmat qiladi.
[gallery-32353]
Şuningdek, podstansiya quvvatining oşirilişi hududda yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş va elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA