Baʼzi kafe va tamaddixonalarning kengayişi piyodalar yölini toraytirmasligi kerak
Yöl-yölakay...
Şahar köçalari, binolar böylab boradigan yölaklar ajoyib. Yöl-yölakay zamonaviy kafe va restoranlar, çiroyli soyabonlar, gullar bilan bezatilgan ayvonlarga közingiz tuşadi.
Bir qaraşda bularning barçasi körkam va fayzli. Biroq bu manzaraning ikkinçi tomoni ham bor. Aslida piyodalar uçun ajratilgan yölaklar odamlarning erkin va xavfsiz harakatlanişiga xizmat qilişi lozim. Ammo baʼzi joylarda bu hududlar kafelarning qöşimça maydoniga aylanib, oddiy yölovçilarni serqatnov avtomobillar yöliga çiqib yurişga majbur qilayotgani ham bor gap.
Şahar körkam bölişi, tadbirkorlik rivojlanişi kerak. Lekin şaharning zamonaviy qiyofasi faqat çiroyli peşlavhalar va şinam ovqatlaniş maskanlari bilan ölçanmaydi. Eng muhim mezon inson qadri va qulayligidir.
Xöş, piyodalar yölagida oçiq ayvonlar taşkil etişda biznes manfaati va oddiy odamlarning haq-huquqi örtasidagi çegara qayerda bölişi kerak?
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Qosimovaning sözlariga köra, hozirda poytaxtda jamoat joylarini rejalaştiriş va tijorat obʼektlarini bezaş böyiça “Dizayn kodi” bosqiçma-bosqiç joriy etilyapti.
– Tadbirkorning ham holatini tuşuniş kerak, köçaga oçilgan ayvon qöşimça daromad va mijoz degani, – deydi Gulnoza Qosimova. – Ayniqsa, issiq kunlarda bu juda muhim. Lekin bu imkoniyat jamoat hududini özlaştirib oliş degani emas. Tadbirkor uçun yaratilgan qulaylik boşqalarning yölini tösiş hisobiga bölmasligi şart. Kafedagi mijoz ham, köçadan ötib ketayotgan piyoda ham şaharda teng huquqqa ega.
Amaldagi tartibga köra, tadbirkorlar binoga tutaş hududdan ijara asosida foydalanişi mumkin. Bu jarayon Soliq qömitasining elektron tizimi orqali beş kunda hal böladi. Lekin asosiy talab bitta, yölakdan foydalaniş piyodalar harakatiga xalaqit bermasligi şart! Qoidaga köra, piyodalar yölagining kengligi kamida 2–2,4 metr bölişi kerak. Bu masofa nogironligi bölgan şaxslar, keksalar va bolalar aravaçasi yetaklagan onalar bemalol ötişi uçun öta muhimdir.
Afsuski, hayotda bu qoidaga doim ham amal qilinavermaydi. Özboşimçalik bilan egallangan yölaklar imkoniyati çeklanganlar va keksalar uçun haqiqiy tösiqqa aylanmoqda. Tadbirkor ijara şartnomasi borligini rökaç qilişi mumkin, biroq heç qanday hujjat piyodalar huquqini poymol qilişga asos bölolmaydi.
Tadbirkor Jasur Karimov ham bu masalada aniqlik bölişi tarafdori.
– Bizga ham qulaylik kerak, – deydi u. – Oçiq ayvonlar qöşimça daromad keltiradi, qonunçilikda bunga ruxsat ham bor. Lekin bitta köçadagi beşta kafe trotuarni bölişib olsa, piyoda qayerdan yuradi? Şuning uçun tadbirkorga ham aniq qoida va çegaralar kerak. Qança joy biznesga, qançasi piyodaga qolişi oldindan aniq bölsa, ortiqça nizolar kelib çiqmaydi.
Biz piyodalar fikriga ham quloq tutdik. Ularning talabi oddiy va haqli. Ular öz şahrida, öz yölagida heç qanday tösiqlarsiz, xavfsiz yurişni istaşadi.
Zamonaviy şaharning eng katta boyligi bu binolar emas, odamlar sanaladi. Mayli, köçalarimiz obod bölsin, tadbirkorlar boyisin, kafelarning körkam ayvonlari közni quvnatsin.
Ammo bularning heç biri piyodaning yölini toraytiriş yoki yoş bolali onani serqatnov yölga çiqib yurişga majbur qiliş evaziga bölmasligi kerak.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA muxbiri