Avtomobil yöllarida sifat va xavfsizlikni taʼminlaş – muhim masala
Yurtimizda yöl infratuzilmasini rivojlantiriş, mavjud avtomobil yöllarining texnik holatini yaxşilaş, aholi hamda transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanişini taʼminlaş bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Andijon viloyati avtomobil yöllari boş boşqarmasi tomonidan viloyatdagi 2 ming 422 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini 2026-2027-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilanib, ularni amalga oşirişga qaratilgan zarur işlar olib borilmoqda.
Mazkur yönalişdagi işlarni samarali amalga oşiriş uçun viloyat böyiça 600 nafardan ortiq işçi va texnikalar jalb etilgan holda maxsus brigadalar taşkil etilib, avtomobil yöllari, ayniqsa, xavfli uçastkalarda zarur işlar olib borilmoqda.

Viloyatdagi mavjud 41 ta yöl bölimining yotoqxona va maişiy xonalarida yaşaş uçun zarur şaroitlar yaratildi, işçi-xizmatçilar maxsus qişki kiyim-boş bilan taʼminlandi. Ularni issiq ovqat bilan taʼminlaş çoralari körilmoqda.
Barça tuman, şahar yöl bölimlarida kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş uçun zaruriy materiallar zaxiralari yaratildi. Hududlarda navbatçilik brigadalari taşkil etilib, kunu tun işlaydigan muntazam dispetçerlik xizmati yölga qöyilgan.
Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanişini taʼminlaş, xususan, avtomobil yöllarida qişki qarov işlarini bajariş uçun 4,5 milliard söm miqdorida mablağ yönaltirildi.

Şuningdek, avtomobil yöllarining xavfli qismlarida talab darajasida sirpançiqqa qarşi qum, mayda çaqilgan toş, tuz va qum-tuz aralaşmasi hamda inert materiallar zaxirasi yaratildi. Jumladan, mavsumda işlatiş uçun 2800 tonnadan ortiq texnik tuz, 4550 m³ qum va çaqilgan toş aralaşmasi tayyorlab qöyildi.
Bundan taşqari, qiş mavsumida avtomobil yöllarida barqaror yöl xizmatini taʼminlaş maqsadida quyidagi texnikalar - 125 tadan ortiq yöl texnikasi, 24 ta qor tozalaş va qum sepişga möljallangan maşina, 15 ta avtogreyder, 2 ta buldozer, 13 ta ekskovator va yuklagiç, 71 ta yuk transport vositasi va qöşimça jalb qilingan maxsus avtomobillar şay iş holga keltirildi.

Ayni kunlarda viloyat avtomobil yöllari boş boşqarmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan 2026-2027-yillar kuz-qiş mavsumida barqaror yöl xizmatini taʼminlaş böyiça belgilangan işlar reja asosida tizimli ravişda davom etmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri