Argentinalik futzalchilar O‘zbekistonga yetib keldi
FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 2 va 3 fevral kunlari "O‘zbekiston" sport majmuasida amaldagi Jahon chempioni - Argentina futzal terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Argentinalik futzalchilar bugun tun yarmidan oqqanda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishdi. Janubiy amerikalik sportchilar koronavirus infeksiyasi uchun test topshirishgach, "Hilton" mehmonxonasiga joylashdi.
O‘zbekiston hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 2 fevral kuni kech soat 18:30 ga belgilangan.
[gallery-974]
Muhammad AMIN olgan suratlar, O‘zA