AQSH noyabrdagi oraliq saylovdan keyin Eron bilan kelishuvga erishishi mumkin
AQSH Prezidenti Donald Tramp Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqida mamlakat noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovdan keyin Eron bilan kelishuvga erishishi mumkinligini aytdi.
22-sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan AQSH va Eron vakillari o‘rtasidagi muzokara uch soat davom etgan. Muloqotda maxsus vakillar Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirok etgan.
Tramp uchrashuvda Eron tomonidan qaysi rahbarlar qatnashganini aytmay, muzokara “juda yaxshi va samarali” kechganini ta’kidladi va “natija qanday bo‘lishini ko‘ramiz” deya qo‘shimcha qildi.
Islom Respublikasining rasmiy davlat axborot agentligi esa BMT BA yig‘ilishi doirasida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy va AQSH maxsus vakillari uchrashganini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, muzokarada Eron tomoni Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha o‘z shartlarini yetkazish imkoniga ega bo‘lgan.
N.Qayumova, O‘zA