AQŞ Kongressida «Özbekiston kuni» ötkazildi
AQŞ Kongressida Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi tomonidan mamlakatimiz bilan hamkorlik böyiça kokus aʼzolari bilan hamkorlikda «Özbekiston kuni» taşkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi, AQŞning Respublikaçilar partiyasi va Demokratik partiyasi vakillari, senatorlar va kongressmenlar, Özbekiston bilan hamkorlik böyiça kokus hamda Markaziy Osiyo böyiça kokus hamraislari, Amerikaning yetakçi kompaniyalari, diplomatik va ekspert doiralari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
S.Safoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tadbir iştirokçilarga yöllagan murojaatini öqib eşittirdi.

Murojaatda yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar ortga qaytmas tus olgani taʼkidlanib, AQŞ bilan strategik şeriklikni izçil rivojlantiriş mamlakatimiz taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani qayd etilgan. Oliy darajadagi muntazam va yaqin muloqot ikki tomonlama munosabatlarga yangi surʼat bağişlayotgani alohida taʼkidlangan.

Özbekiston bilan hamkorlik böyiça kokusning hamraisi, kongressmen Trent Kelli Prezident Şavkat Mirziyoyevga AQŞ Kongressidagi «Özbekiston kuni» iştirokçilariga yöllagan murojaati uçun minnatdorlik bildirdi. Markaziy Osiyo böyiça kokus hamraisi, senator Stiv Deyns esa mamlakatimizda amalga oşirilayotgan özgarişlar va islohotlarni yuqori baholadi.
Tadbir amerikalik qonun çiqaruvçilar, işbilarmon doiralar va ekspertlarning Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytirişga katta qiziqiş bildirayotganini yana bir bor namoyon etdi.
N.Abduraimova,
ÖzA