Xorijiy avtotransport vositalarining respublika hududida böliş muddati uzaytirilmoqda
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişida bir qator qonun loyihalari hamda parlament nazoratiga oid masalalar körib çiqildi.
Jumladan, “Bojxona maʼmuriyatçiligi va taşqi savdo tartibotlari yanada soddalaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi qizğin muhokama qilindi.
Mazkur qonun loyihasi taşqi savdo tartibotlarini soddalaştiriş, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga qöşimça yengilliklar yaratiş hamda bojxona nazorati mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan bölib, Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati töğrisida”gi hamda “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunlarga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
— Qonun loyihasiga köra, xorijiy avtotransport vositalarini vaqtinça olib kiriş va olib çiqiş tartibi takomillaştirilib, ularning respublika hududida böliş muddati uzaytirilmoqda, — deydi Qonunçilik palatasi deputati S.Azimov. — Şuningdek, bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaş şartlari yengillaştirilmoqda. Loyihadagi normalar taşqi savdoni rivojlantiriş, tadbirkorlik subʼektlari uçun qulay şaroit yaratiş hamda bojxona maʼmuriyatçiligi samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhokamalarda bir qator savol va takliflar örtaga taşlandi. Şundan söng qonun loyihasi qöllab-quvvatlandi.

Yiğilişda, şuningdek, maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi. Loyiha bilan maktabga tayyorlov majburiy umumiy örta taʼlimga kiritilişi belgilanmoqda. Bu bolalarning maktab taʼlimiga puxta tayyorgarlik körişini taʼminlab, taʼlim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni mustahkamlaydi. Şuningdek, maktabga tayyorlov böyiça hozirgi 98 foiz qamrovni 100 foizga yetkazişga xizmat qiladi.
Loyihaga köra, bir yillik majburiy tayyorlov maktabgaça taʼlim muassasalarida, umumtaʼlim maktablarida, olis va çekka hududlarda qulaylik yaratiş maqsadida aholiga yaqin bölgan ijtimoiy soha obʼektlarida taşkil etiladi va bepul böladi.
Uşbu qonun loyihasining ijrosini taʼminlaş, uning mazmunini joylarga yetkaziş Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda tegişli taşkilot va idoralar zimmasiga yuklatilgan.
Muhtarama Komilova,
ÖzA