Anqarada taqdimot: Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlari turk tilida naşr etildi
Özbek adabiyotining ikki zabardast vakili — Erkin Vohidov hamda Abdulla Oripov ijodi endi turk kitobxonlari uçun ham yaqinroq böladi. Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti (TURKSOY) tomonidan har ikki şoirning asarlari turk tiliga tarjima qilinib, alohida kitoblar şaklida çop etildi.
Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati maʼlumotlariga köra, naşrlar şoirlar tavallud sanalari munosabati bilan amalga oşirilgan bölib, ular orqali özbek adabiyotining boy maʼnaviy merosini turkiy xalqlar örtasida yanada keng tanitiş maqsad qilingan. Xususan, Erkin Vohidovning «Söz latofati» va Abdulla Oripovning «Saylanma» asarlari turk tilida kitobxonlar eʼtiboriga havola etilmoqda.

Naşrlarning ahamiyatli jihati şundaki, ularning muqaddima qismida Özbekiston Respublikasi Prezidentining har ikki ijodkor haqidagi samimiy eʼtiroflari keltirilgan.
Erkin Vohidov haqidagi fikrlarda şoirning yuksak isteʼdodi, Vatan va millat oldidagi fidoyiligi alohida taʼkidlangan. Jumladan, davlatimiz rahbarining «Men Erkin Vohidovdek serqirra isteʼdod egasi, haqiqiy vatanparvar va millatparvar inson bilan zamondoş va maslakdoş bölib yaşaş nasib etganidan baxtiyorman», degan sözlari kitobdan örin olgan.
Abdulla Oripov ijodiga bağişlangan naşrda esa şoirning milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi örni, yuksak badiiy mahorati va boy ijodiy merosi eʼtirof etilgan. Uning şeʼrlari, dostonlari, dramatik va publitsistik asarlari hamda tarjimalari özbek adabiyoti rivojiga qöşgan ulkan hissasi bilan qadrli ekani qayd etilgan. Şuningdek, şoir Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi sifatida xalqimiz xotirasida abadiy yaşaşi taʼkidlangan.
Kitoblarga Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, xalq şoiri Sirojiddin Sayyid sözboşi yozgan.
Ikki naşrning rasmiy taqdimoti 6-noyabr kuni Anqara şahridagi Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasida ötkaziladi. Unda Özbekiston Madaniyat vazirligi hamda Yozuvçilar uyuşmasi vakillaridan tarkib topgan mamlakatimiz delegatsiyasi iştirok etadi.
Mazkur naşrlar özbek adabiyotining ikki yirik namoyandasi ijodini turk kitobxonlariga yetkaziş, xalqlarimiz örtasidagi adabiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadamdir.
N.Usmonova,
ÖzA