An’anaviy "Toshkent kuzi" turniri start oldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent kuzi” reyting turniri start oldi.
316 nafar ishtirokchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda bellashuvlarga kirishdi. 1-tur natijalariga ko‘ra, Muhabbat Abduvahobova, Adelya Aliyeva, Munisa Jo‘raboyeva, Xolida Muhammadiyeva, Darya Nikitina, Alisher Abduqayumov, Firdavs Abdusamatov, Sarvarbek Rabbimov, Javohir Pardayev, Umar Saydullayev kabi shaxmatchilar mahorat bobida tengdoshlaridan ustun ekanligini namoyon eta oldi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari 19 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
[gallery-9121]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA