An’anaviy «Toshkent kuzi» reyting turniri start oldi
FOTOREPORTAJ
Kecha poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida «Toshkent kuzi» reyting turniri start oldi. Unda 336 nafar shaxmatchi «A» va «B» guruhlariga bo‘lingan holda o‘z mahoratini namoyish etishni boshladi.
Shu kunning o‘zidayoq 1-tur natijalari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, «A» guruhida 81 nafar shaxmatchi g‘alaba nashidasini surdi. 16 nafar ishtirokchida durang qayd etilgan bo‘lsa, 82 nafariga mag‘lubiyat yozildi.
[gallery-19657]
«B» guruhida 73 nafar sportchi ilk turni g‘alaba bilan yakunlab, 10 nafari durang natijani qayd etdi, qolgan 74 nafari mag‘lub bo‘ldi.
Bugun musobaqada 2 ta tur o‘tkaziladi. Bahslar tushgacha va undan keyin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Turnir g‘olibi va sovrindorlari 14 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA