Aliment: miqdori, javobgarlik va oilaviy burch (+video)
Oila kodeksi aliment, ota-onalik majburiyatlari va ularni bajarmaslik oqibatlarini qanday belgilaydi? Qonunda nafaqat bolalar, balki keksa ota-onalarning ham himoyasi qanday kafolatlangan? Muhim huquqiy savollarga javob izlaymiz.
Oila kodeksiga ko‘ra, ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, aliment miqdori bir bola uchun daromadning 1/4 qismi, ikki bola uchun 1/3 qismi, uch va undan ortiq bola uchun esa yarmi miqdorida undiriladi. Bunda har bir bola uchun belgilangan eng kam miqdor 360 400 so‘mdan kam bo‘lmasligi shart.
Favqulodda holatlarda, ya’ni bola og‘ir kasal bo‘lib qolsa yoki jarohatlansa, ota-ona zarur qo‘shimcha davolash xarajatlarida ham ishtirok etishi majburiydir.
Agar aliment to‘lovi 2 oydan ortiq kechiktirilsa, shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi. To‘lovdan qasddan qochishda davom etish esa jinoiy javobgarlikka hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, nafaqat ota-ona bolani, balki voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar ham yordamga muhtoj keksaygan ota-onasini boqishi shart.
Mazkur mavzuning eng nozik jihatlarini "Huquqiy tahlil" loyihasida "Verum Law" advokatlik firmasi advokati Shohjahon Shomurodov bilan ochib beramiz.
Ziyovuddin Nuriddinov, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA