Alexandro Grimaldo: Biz jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istaymiz va maqsadimiz ham shu
Jahon chempionatida g‘alaba qozonishga qodir jamoani ko‘ryapman.
Ispaniya milliy terma jamoasi himoyachisi Alexandro Grimaldo jahon chempionati haqida gapirdi.
"Bizni jahon chempionati favoriti sifatida ko‘rishayotganini xotirjam qabul qilaman. Men bunga katta e’tibor bermayman.Yevropa chempionati vaqtida ham aynan shunday bo‘lgan edi. Agar bizni favorit bilishsa - marhamat. Bu bizga ortiqcha bosim o‘tkazmaydi va bo‘shashtirmaydi. Jahon chempionatida g‘alaba qozonishga qodir jamoani ko‘ryapman. Biz amaldagi Yevropa chempionlarimiz va mundialga ham chempionlik maqsadida boramiz", - dedi fulbek.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Urugvay, Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.