Albaniya Prezidenti Samarqanddan Toshkentga qaytib keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan yurtimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Ko‘ksaroy qarorgohidagi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng 16-iyun kuni Samarqandga tashrif buyurdi.
Albaniya yetakchisi Samarqandga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi, Mirzo Ulug‘bek muzey-rasadxonasi, Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ldi.


Oliy martabali mehmon shu kuni “Afrosiyob” poyezdida Samarqanddan Toshkentga keldi.
Eslatib o‘tamiz, Bayram Begay 17-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi.


B.XUDOYBERDIEV, N.HAYDAROV (surat), O‘zA