Aksariyat amerikaliklar Eron bilan urush “o‘zini oqlamadi” deb hisoblamoqda
“Associated Press” va Chikago universitetidagi NORC tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSH fuqarolarining aksariyati Eron bilan harbiy mojaro sarflangan xarajatlar va qurbonliklarga arzimaydi, deb hisoblashadi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda katta yoshdagi aholining 64 foizi davom etayotgan harbiy harakatlar “tavakkal qilishga arzimaydi” deb hisoblashadi. Respondentlarning 70 foizi esa Vashington Tehron bilan doimiy sulh tuzish bo‘yicha muzokaralarga ustuvor ahamiyat berishi kerakligini, 64 foizi Tramp ma’muriyati Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olishga e’tibor qaratishi kerakligini aytishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat amerikaliklar ziddiyatning asosiy maqsadlari va natijalari haqidagi qarashlari Tramp ma’muriyatining rasmiy pozitsiyasidan sezilarli darajada farq qiladi.
S.Rahimov, O‘zA