Aholini energetika resurslari bilan taʼminlaş jarayonidagi qonunbuzarliklarga çek qöyilmoqda
Kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarini energetika resurslari, jumladan, kömir, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega.
Içki işlar organlari xodimlari mahsulotlarning belgilangan manzilga öz vaqtida va töliq yetkazib berilişini nazorat qiliş, taʼminot jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan korrupsiyaviy holatlar, özlaştiriş va talon-torojliklarning oldini olişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Bu borada tegişli idoralar bilan axborot almaşinuvini yölga qöyiş, kelib tuşayotgan murojaatlarni har bir holat kesimida örganiş, aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralarni köriş, ayniqsa, tizimli tus olgan kamçiliklarning kelib çiqiş sabablarini bartaraf etişga qaratilgan işlar olib borilmoqda.
Içki işlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bölimi boşliği, podpolkovnik Jamşid Işmurodovning qayd etişiça, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berişda şaffoflikni taʼminlaş böyiça “namunaviy işlaş tizimi” yaratilgan.
“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatida tegişli sohaviy xizmatlardan iborat işçi guruh taşkil etilib, hududlarda suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlarini aholiga yetkazib beriş yuzasidan bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bunda uşbu mahsulotlarga ehtiyoji yuqori bölgan Samarqand, Qaşqadaryo va Andijon viloyatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hududlarda taşkil etilgan işçi guruhlar tomonidan tezkor tadbirlar hamda suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlari bilan boğliq noqonuniy holatlarni aniqlaş yuzasidan reydlar ötkazilmoqda.
Yil boşidan buyon kömir va suyultirilgan gaz ballonlarining noqonuniy savdosi bilan boğliq 12 ta jinoyat aniqlanib, aybdorlarga nisbatan qonuniy çoralar körilgan.
Uşbu jinoiy holatlar Qoraqalpoğiston Respublikasida 5 ta, Andijonda 2 ta, Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 1 tadan sodir etilgan bölib, ular qayta takrorlanişining oldini oliş maqsadida keng jamoatçilik iştirokida muhokamalar ötkazildi.
Tadbir boşidan buyon suyultirilgan gaz bilan boğliq 287 ta noqonuniy holat aniqlangan bölib, şundan 284 tasi böyiça maʼmuriy, 3 tasi böyiça esa jinoiy iş qözğatilgan.
Uşbu huquqbuzarlardan jami 8 ming 727 ta gaz balloni olib qöyilgan.
Yuqoridagi noqonuniy holatlar davomida aholi ehtiyoji uçun yetkazib berilişi kerak bölgan 90,4 tonna suyultirilgan gaz hujjatlaştirib olingan.
N.Abduraimova,
ÖzA