Abdurahim polvon “Qazaqstan Barysy Grand Slam – 2026” chempioniga aylandi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida start olgan dzyudo bo‘yicha “Qazaqstan Barysy Grand Slam – 2026” turnirining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Jumladan, musobaqaning 66 kilogrammgacha vazn toifasida ikki nafar hamyurtlarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Xususan, Abdurahim Nuftulloyev final bahsida rossiyalik Saigad Kerimovni mag‘lub etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, mazkur vaznda bronza medali uchun o‘tgan bellashuvlarda Anvarjon Ibrohimov qozog‘istonlik Nurqanat Serikbayev ustidan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada bugun o‘rta vazn toifasidagi dzyudochilar bahslarga kirishadi. Ertaga esa og‘ir vazn toifasidagi polvonlarimiz tatamiga ko‘tariladi.
9-may kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda 3 nafar polvonimiz quyidagi raqiblari bilan raqobatlashadi.
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov — Aaron Sabo (Vengriya),
Hojiakbar Toshev — Angsarbek Gaynullin (Qozog‘iston);
-63 kg: Sevinch Isoqova — Ganhayh Bolt (Mo‘g‘uliston).
Javohir Toshxo‘jayev,O‘zA